"Real" Vaskes bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024, 18:18
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Lukas Vaskes bilan 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Yakuniy uchrashuvda detallarga oydinlik kiritilishi va imzo chekilishi kutilmoqda.

Vaskes o'tgan mavsum La Liga va Chempionlar Ligasida 38 ta o'yin o'tkazib, 3 ta to'p kiritdi va 8 ta golli pas uzatdi.

Avvalroq Madridning "Real" klubi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano