"Real" va "Atletiko" Germaniya terma jamoasining 19 yoshli forvardi agenti bilan muzokaralar olib bordi

Alisher
6 noya 2021, 15:48
"Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemi klubini o'zgartirishi mumkin.

19 yoshli Germaniya terma jamoasi o'yinchisiga ko'plab, jumladan "Borussiya" (Dortmunt), "Bavariya" va PSJ klublari qiziqmoqda. Adeyemining agenti Madridda bo'ldi, u Ispaniya poytaxtida "Real" va "Atletiko" klublari bilan muzokaralar olib bordi.

Adeyemi kelajagi borasidagi qarorni noyabr so'nggida qabul qilishi kerak. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Zalcburg" futbolchini bilan 30-35 million evroga xayrlashishi mumkin.

Forvard joriy mavsum Avstriya Bundesligasi doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1.de