"Real" ushbu mavsumda "ramka"ni nishonga olishda yetakchi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2021, 22:57
"Real" ushbu mavsumda 20 marta darvozaning ustun va to'sinlarini nishonga oldi.

"Marca"ning yozishicha, bu natija kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yuqorisi hisoblanadi. Shunisi qiziqki, ushbu 20ta teginishning naq 12tasi Asensio va Karim Benzemaga tegishli. Ularning ikkisi 6 martadan ustun va to'sinlarni nishonga olishgan.

Ayni damda "Real" LaLiga turnir jadvalida ikki o'yin kam o'tkazgan "Atletiko"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca