Real – Tottenxem. Beyl o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2017, 08:32
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Garet Beyl Tottenxemga qarshi bahsni o'tkazib yuborishni ma'lum qildi.

Garetda ikkita muammo bor: Dortmundda kichik jarohat olgandi, keyin esa to'pig'ini shikastlab oldi.

Balki u taxminan 10 kun davolanar. Beyl tuzalmoqda.

Garet jamoa bilan birga emasligidan xafa. Umid qilamanki, u tezroq safga qaytadi va Dortmundga qarshi bahsda ishtirok eta oladi, – deydi Zidan.

Real – Tottenxem uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fourfourtwo.com