"Real" Torresni sotib olmoqchi

Alisher
17 dek 2019, 13:28
"Real" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresni xarid qilmoqchi.

Madridliklar Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi bilan 7 yildan beri shartnoma imzolashga urinishmoqda.

O'z o'rnida, "Valensiya" ham Torres bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Amaldagi shartnoma 2021 yilga qadar mo'ljallangan va tovon puli 100 million evro etib belgilangan.

Oldinroq, futbolchiga "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS