"Real" so'nggi 17 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 18:29
"Real" bugun "Betis"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Madridliklar yakuniy ro'yxatda 66 ochko bilan 3-o'rinda qayd etilishdi.

Bu jamoaning 2001/02 yilgi mavsumdan keyingi ilk yomon natijasi bo'ldi. O'shanda "Real" 66 ochko bilan "Valensiya" va "Deportivo"dan keyin 3-o'rinni olgandi.

Bu mavsumda "qirollik klubi" "Barselona" hamda "Atletiko"dan keyingi o'rinlarda qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA