"Real" sobiq ustozi Solari Meksikaning "Amerika" klubida ish boshladi

Alisher
30 dek 2020
"Amerika" bosh murabbiylikka Santyago Solarining tayinlanganini e'lon qildi.

Meksika klubi 44 yoshli argentinalik bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Solarining so'nggi ish joyi "Real" bo'lgan edi. U "galaktikos"ni 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning martiga qadar boshqargandi.

"Amerika"ning oldingi bosh murabbiyi Migel Errera esa klubning KONKAKAF Chempionlar Ligasidan chiqib kyetishi ortidan iste'foga chiqarilgandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ClubAmerica