"Real" sobiq futbolchisi A Seriyaning bu yilgi mavsumini "Inter" yutishini aytdi

Alisher
21 sen 2019, 14:03
Taniqli italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano "Inter" Italiya chempionligini qo'la kiritadi deb hisoblamoqda.

Uning nazarida, Antonio Konte boshchiligidagi milanliklar bu yil "Yuventus"ning gegemonligiga barham berishadi.

"Inter" bu yil chempionlikni qo'lga kiritadi. Shuningdek, do'stim Montella boshqarayotgan "Fiorentina" ham kutilmagan sovg'alarni taqdim etadi deb taxmin qilyapman.

"Inter" CHLda bemalol keyingi bosqichga o'tadi. Jamoa "Borussiya"dan ko'ra kuchliroqdir", - deydi Kassano.

Eslatib o'tamiz, Kassano faoliyati davomida "Bari", "Roma", "Real", "Sampdoriya", "Milan", "Inter", "Parma" va "Verona" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera