"Real" Salibaga qiziqishini saqlab qolgan

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 16:52
Madridliklar "Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibaga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "TBR Football" xabar berdi.

Madrid klubi vakillari fransiyalik futbolchining "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:1) o'yinini tomosha qilgan.

Saliba "Arsenal" safida 138 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq "Arsenal" Saliba bilan shartnomani uzaytirish taraddudini ko'rayotgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TBR Football