"Real" qaysi holatda Modrichni "Inter"ga qo'yib yuborishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
15 avg 2018, 19:13
"Real" klubi yarim himoyachi Luka Modrichni "Inter"ga qo'yib yuborishi mumkin.

Milanliklar bir necha haftadan buyon xorvatga qiziqish bildirib kelishmoqda.

"Sky Italia"ning xabar berishicha, madridliklar faqatgina Lukaga o'rinbosar topishsagina uni Italiyaga qo'yib yuborishadi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, bu joyga eng munosib nomzod "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen.

Lekin, "Tottenxem" 26 yoshli daniyalikni sotishni xohlamayapti. Shu sabab futbolchi uchun 200 million evrodan kam so'ramayapti. Chunki, "shporlar" Eriksenga o'rinbosar topa olishmaydi. Sababi, Angliyada transfer oynasi yopilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Italia