

Parijliklar braziliyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish niyatida. "Qaymoqranglilar" futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti. Globo Esporte nashrining xabariga ko'ra, "Real" Kazemironi sotish niyatida emas. Futbolchining "Real Madrid" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yili o'z nihoyasiga etadi. Kazemiro jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri deya etirof etilmoqda.



