"Real" prezidentligiga davogar Ronalduni ortga qaytarishni xohlamoqda

Alisher
8 apr 2021
Bu yilda "Real" prezidentligi uchun saylovlar bo'lib o'tadi.

Davogarlardan biri Enrike Rikelme o'z rejalari haqida gapirdi.

"Men Ronalduni "Real"ga qaytarish masalasini kun tartibiga qo'ygan bo'lardim. Qari va yosh futbolchilar yo'q, faqatgina yaxshi va yomon o'yinchilar bor.

Zidan mening murabbiyim bo'lmagan bo'lardi. Biz boshqa strategiyalar bilan boshqa tipdagi murabbiyni tanlagan bo'lardik. Menga Yurgen Klopp va Raul yoqadi.

Mbappe? Bu katta futbolchi, ammo dastlab klubning moliyaviy ko'rsatkichlarini ko'rish kerak", - deydi Rikelme.

Ayni damda "Real" prezidenti Florentino Peres hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de COPE