"Real" Pogbaning transferi uchun 150 million evro ajratdi

Alisher
28 okt 2019, 15:56
"Real" hali ham "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferiga qiziqmoqda.

Xabarlarga qaraganda, "qirollik klubi" 26 yoshli o'yinchini qishki transferlar oynasida xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi uchun "Real" 150 million evro taklif qilishga tayyor.

Pogbaning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Ok Diario