"Real" Pogba bo'yicha yangi taklif tayyorladi

Alisher
20 yanv 2021
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba "Real" qiziqishlari doirasida.

"Qaymoqranglilar" 27 yoshli fransiyalik futbolchi bo'yicha yangi taklif tayyorladi, u Mariano Dias va 65 million funtni o'z ichiga oladi.

Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher ham o'yinchi bilan xayrlashishga qarshi emas.

Pogba joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe