"Real" Oblak uchun rekord darajada mablag'dan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
7 iyun 2018, 21:11
"Real" yozda "Atletiko" posbonini sotib olishni niyat qilmoqda.

“A Bola” xabariga ko'ra, tomonlar muzokara olib borishmoqda. "Qirollik klubi" sloveniyalik darvozabon uchun rekord 100 mln evro to'lashga tayyor. Oblakning tovon pulida shunday mablag' ko'rsatilgan.

Oldinroq "Real" "Roma" kiperi Alisonning o'yinlarini ham kuzatib borayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola