"Real" muxlislari uchun xushxabar

Aslanov Jasurbek
13 may 2017, 14:10
"Real" muxlislari klubga doir navbatdagi yangilikdan xursand bo'lishlari mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub bilan shartnomani 2020 yilning yozigacha uzaytiradi.

Fransiyalik mutaxassis va klub prezidenti Florentino Peres yangi bitim borasida kelishuvga erishishdi va u yaqin vaqt ichida imzolanadi. Zidan va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2018 yilda yakunlanadi.

Zidan 2016 yilning yanvaridan "Real"ni boshqara boshladi va birinchi mavsumidayoq Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca