"Real" muxlislari uchun "El-Klassiko"ga oid muhim yangilik

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 10:45
"Real" hujumchisi Garet Beyl "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 17-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.

Uelslik futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi, ammo "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan tavakkal qilishni istamayapti. Beyl hali formasini to'liq tiklab olgani yo'q va "Real" murabbiylar shtabining fikricha, bunday bahsda ilk daqiqalardan maydonga tushish qiyin.

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi uchrashuv 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca