"Real" muxlislari Iskoni dekabrning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2015, 11:15
"Real" yarim himoyachisi Isko 2014 yil dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida "Besh yulduzli futbolchi" sovriniga ega bo'ldi.

Bu sovrin muxlislarning ovozlariga ko'ra topshiriladi.

"Santyago Bernabeu"ning muhabbati men uchun juda muhim. Muxlislarning mehri meni baxtli qiladi. Ularning ishonchini o'z o'yinim bilan oqlashga harakat qilaman" - deydi yosh futbolchi.

Isko bu mavsumda Ispaniya chempionatining 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5ta golga hammuallif bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com