

Manbaga ko'ra, madridliklar allaqachon "Milan"dan Teo Ernandesga so'rov yuborgan.
27 yoshli francuzning "rossonerilar" bilan shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan. Agar kelishuv uzaytirilmasa va hali muzokaralar olib borilmasa, Ernandes yozda jamoani tark etishi mumkin.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va oltita assist muallifi bo'ldi. Ernandesning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.




