Real mag'lub bo'lsa ham rekord o'rnatdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 01:07
Real qoldirilgan o'yinda Valensiyaga qarshi o'yinda 1:2 hisobida yutqazdi.

Madrid klubi safida yagona golni Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga urdi. Shu tariqa, jamoa ketma-ket 43-uchrashuvda gol urishga erishib klub rekordini yangiladi.

So'nggi bor Real YCHL yarim finalida Manchester Sitiga qarshi bahsda (26 aprel 2016 yil (0:0) gol ura olmagandi. Shundan buyon Zinedin Zidan shogirdlari 42ta o'yinda 113ta gol urishdi.

Ispaniya klublari dorasida mutloq rekord Barselonaga tegishli. Kataloniya klubi 1942/43 va 1943/44 yilgi masumlarda ketma-ket 44ta bahsda gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe