Real Madridning uch nafar futbolchisi kechagi uchrashuvda jarohat oldi

Khoja
8 dek 2024, 07:43
Real Madrid La Liganing navbatdagi turida Jironani yirik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuv davomida Qirollik klubining uch nafar futbolchisi jarohat oldi. Bahsning 60 daqiqasida Jud Bellingem jarohat oldi va zaxiraga olindi. 81-daqiqada esa Ferlan Mendi ham jarohat sababli uchrashuvni davom ettira olmadi. Shuningdek, bahsning yakunida Endrik darvozabon bilan to'qnashib ketdi va jarohat oldi.

Hozircha futbolchilarning jarohati darajasi ma'lum emas, barchasi bugun tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com