Real Madrid qishda 18 yoshli himoyachiga 30 million evro bermoqchi

Khoja
17 okt 2024, 10:58
Real Madrid qishda himoya chizig'ini kuchaytirishni reja qilmoqda.

Qirollik klubi Ayaksning 18 yoshli himoyachisi Yorrel Xatoni sotib olishni maqsad qilgan. Futbolchi uchun Madrid jamoasi 30 million evro to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, Yorrel Xato joriy mavsum Ayaks safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 tadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Niderlandiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru