“Real Madrid” murabbiylari ishtirokidagi seminarlarga start berildi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2018
Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi - Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgani xaqida xabar berib o'tgan edik.

Ushbu tashrif dasturiga ko'ra, bugun 1 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasida ispaniyalik mutaxassislar ishtirokida nazariy seminar tashkil qilindi. Seminarda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan bolalar futbol murabbiylari ishtirok etishmoqda.

Shuningdek 1 iyun kuni soat 17:00 dan boshlab ispaniyalik murabbiylar ishtirokida o'zbekistonlik hamkasblari hamda yosh futbolchilarga amaliy mashg'ulotlar tashkil etiladi.

Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo'lib, bolalarga futbol bo'yicha master-klasslar o'tab berishadi.


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com