"Real" ishonchli g'alabaga erishdi va "Barselona" bilan oradagi farqni qisqartirdi

Omonjon To`xtamirzayev
15 iyun 2020, 00:35
Ispaniya chempionati 28-tur doirasida Madridda "Real" o'z maydonida "Eybar"ni qabul qildi.

"Qaymoqranglilar" birinchi bo'limdayoq 3ta gol urib, ishonchli g'alabaga erishdilar. Mezbonlar safida Toni Kroos, Serxio Ramos va Marselo golga mualliflik qilishdi. Raqib ikkinchi bo'limda Bigasning aniq zarbasi bilan javob berdi.  

Shunday qilib, "Real Madrid" muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi va yetakchi "Barselona" bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.


LA LIGA TURNIR JADVALI


"Real Madrid" – "Eybar" 3:1 (3:0, 0:1)
14 iyun, 20.30, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.

"Eybar" – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya (Burgos, 84), Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (47), Kristoforo (90).


 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia