"Real Madrid" veb-sayti eng ko'p tashrif buyuriladigan klub sayti deb topildi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2021, 20:52
"Real Madrid" rasmiy sayti klublar ichida eng ko'p tashrif buyuriladigani deb topildi.

"Qirollik klubi" veb-saytiga har oyda o'rtacha 1,516 million foydalanuvchi tashrif buyuradi.

Ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" sayti egallaydi (oyiga o'rtacha 843 ming foydalanuvchi, "Liverpul" sayti esa kuchli uchlikni (816 ming) yakunladi. Keyingi o'rinlarni "Barselona", "Yuventus", "Chelsi", "Manchester Siti", "Arsenal", "Bavariya" va PSJ band etgan.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining dastlabki uch turida madridliklar etti ochko jamg'ardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Comscore