"Real" "Liverpul" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
20 mar 2021
"Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta ispan grandi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

26 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolashga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" gvineyalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.

Keyta "Liverpul"ga 2018 yilning yozida "RB Leyptsig"dan o'tgan edi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Nabi joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Todo Fichajes