"Real" "Lill" himoyachisini sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024
Leni Yoro La Ligaga o'tadi.

Ispaniyaning "Real" klubi Fransiyaning "Lill" jamoasi himoyachisi Leni Yoro bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Xabar qilinishicha, madridliklar allaqachon 18 yoshli Yoro bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishgan. "Qirollik klubi" 20 mln evro, bonuslar va qo'shimcha to'lovlarni to'lashga tayyor.

Leni Yoro 2023/24 yilgi mavsum "Lill" tarkibida 44 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo