"Real" Kurtuaning o'yinidan norozi, uning o'rniga nomzod ham tayyor

Alisher
23 okt 2019, 16:15
Madridning "Real" klubi xo'jayinlari Kurtuaning ishonchsiz harakatlaridan so'ng yangi darvozabon qidirish harakatiga tushishgan.

"Qirollik klubi" "Atletik"dagi 22 yoshli darvozabon Unai Simonni sotib olmoqchi.

Futbolchining transferi "qaymoqranglilar"ga 50 million evroga tushishi mumkin. 

Uning basklar bilan tuzgan shartnomasida tovon puli sifatida aynan shuncha mablag' ko'rsatilgan.

Simon joriy mavsum La Ligada 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque