"Real" Kroosning o'yinidan norozi, uning klubdagi taqdirini Zidan hal qiladi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019, 19:12
"Real" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Toni Kroosning joriy mavsumdagi o'yinidan mamnun emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi"dagilar 29 yoshli xavbekni yozda sotib yuborishlari mumkin. Shunga qaramasdan yakuniy qarorni "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan qabul qiladi. Vaziyatni "Manchester Siti" kuzatmoqda. Xosep Gvardiola germaniyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Kroos joriy mavsum "Real" safida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Futbolchining bozor narxi 80 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial