"Real" Kroosga o'rinbosar qidirishni boshlab yubordi

Alisher
19 fev 2022, 16:17
Madridning "Real" klubi 32 yoshli yarim himoyachi Toni Kroosga o'rinbosar qidirish haqida o'ylashni boshladi.

O'yinchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan va rahbariyat unga hali yangi bitim taklif qilishni rejalashtirmayapti.

Variantlardan biri "Monako"da o'ynayotgan yarim himoyachi Orelen Chuamenidir. Uning bozor narxi 40 million evroga baholanmoqda.

Kroos 2014 yildan beri "Real"da o'ynaydi. U klub bilan ikki bor La Ligani va uch bor YCHLni yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional