"Real" Keyn uchun ikki o'yinchisini berib yuborishga tayyor

Alisher
11 apr 2020, 15:12
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn yozda klubini o'zgartirish mumkin.

26 yoshli futbolchiga hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi bo'lgan "Real" da'vogarlik qilmoqda.

"Qaymoqranglilar" inqiroz tufayli Keyn uchun "shporlar" talab qilayotgan 180 million funtni to'lashga tayyor emas.

Shu sabab klub Xames Rodriges va Garet Beylni bitimga qo'shishga tayyor. Eslatib o'tamiz, Keyn "Real" uchun zaxira variantidir. Ispan klubining bosh maqsadi esa Erling Xoland.

Keyn joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo