"Real" kelasi yilda "Manchester Yunayted" yulduzi bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 sen 2021, 17:16
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

"Qaymoqranglilar" MYU bilan shartnomasi yakunlanadigan fransiyalik futbolchi bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi.

Oldinroq Angliya klubining futbolchini ushlab qolmoqchi ekanligi va hatto unga haftasiga 500 ming evro atrofida berishga tayyorligi aytilgan edi. O'yinchining o'zi ispan klubi libosini kiyishni orzu qiladi.

Eslatib o'tamiz, Pogba MYUga 2016 yilda "Yuventus"dan 105 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsm APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central