"Real" Kante uchun 60 mln. evro taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017, 12:55
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" fransiyalik futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qilishga tayyor. Zidan qo'l ostida etarli darajada yuqori saviyali yarim himoyachilar mavjud, biroq fransiyalik mutaxassisning fikricha, Kante uning jamoasiga foyda keltirishi mumkin.

Kante joriy mavsum APLning 30 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le 10 Sport