"Real" jarohat olgan Alaba o'rniga himoyachi sotib oladimi?

Aslanov Jasurbek
19 dek 2023, 01:50
"Real" David Alaba o'rniga himoyachi sotib olmaydi.

Alaba "Vilyarreal"ga qarsh LaLiga o'yinida (4:1) jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbariyatining rejalari o'zgargni yo'q - "Real" jarohat olgan Eder Militao va Alaba o'rniga himoyachi sotib olmaydi.

Agar rahbarlarning fikri o'zgarmasa, mavsum oxirigacha "Real" himoyasi markazida Antonio Ryudiger va Nacho Fernandes o'ynaydi. Shu bilan birga bu poziciyada Orelen Chuameni ham harakat qilishi mumkin.

"Qaymoqranglilar" himoya markazini kuchaytirish haqida o'ylashmayapti. Ayni damda "Real"dagilar chap qanot himoyasiga Alfonso Devisni olib kelish ustida bosh qotirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca