"Real" ikki futbolchi uchun 230 mln evro sarflashi mumkin

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 14:11
"Real" hali ham ikki futbolchining transfer ishlarini yakunlagani yo'q.

"Qirollik klubi" ancha vaqtdan buyon "Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich hamda "Roma" posboni Alissonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Italiya jamoalari o'z futbolchilarining narxini anchagina yuqori qo'yishgan. Ikki futbolchini sotib olish uchun "Real""Roma"ga 80, "Lacio"ga esa 150 mln evro to'lashi kerak. "Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, hozirda Rim jamoalari shuncha mablag'ni talab qilishmoqda. 

Oldinroq "Real" Alisson uchun 80 mln evro to'lay olmasligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport