"Real" hujumchisiga 12 klub qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
30 avg 2018, 00:15
"Real" hujumchisi Borxa Mayoralning xizmatlariga 12 jamoa qiziqish bildirmoqda.

"Cope Network" xabariga ko'ra, katta ehtimol bilan Mayoral yaqin vaqtlarda jamoani tark etadi. Ayni damda unga "Lion", "Levante", "Valyadolid", "Renn", "Espanol", "Jirona", "Eybar", "Betis", "Real Sosedad", "Ueska", "Alaves" va "Selta" kabi jamoalar da'vogarlik qilmoqda.

Ushbu mavsumda Mayoral "Real" tarkibida 1 uchrashuvda qatnashishga ham ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cope Network