"Real" himoyachisi "Yuventus"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2017, 10:45
"Real" himoyachisi Danilo kelasi mavsum "Yuventus"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar deyarli braziliyalik futbolchining transferini kelishib olishdi. "Keksa sinora" Danilo uchun 20 mln. evro to'laydi.

Danilo 2015 yil "Portu"dan "Real"ga o'tgan edi. "Qirollik klubi" u uchun 31,5 mln. evro to'ladi, biroq Danilo kutilganidek o'yin ko'rsatmadi. So'nggi mavsum natijalariga ko'ra, u LaLiganing 17 ta uchrashuvida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. "Real" hamda braziliyalik o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS