

Xabaringiz bor, chap qanot futbolchisi Teo Ernandes "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va ma'lum muddat jamoasiga yordam berolmayotgandi.
Ispaniyaning mashhur "Marca" nashri xabariga ko'ra, "Real" vakiliTeo Ernandes navbatdagi 8-tur uchrashuviga tayyor bo'ladi.
Manbaada yozilishicha, umidli yosh himoyachi maydonga deyarli tushishga tayyor. Ettinchi turdan so'ng, terma jamoalar o'yinlari tufayli, yuzaga kelgan tanaffus sabab futbolchi keyingi o'yinda o'z jamoasiga yordam bera oladi.




