"Real" haqida hujjatli serial suratga olindi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2022
U Amazon Prime Video tomonidan ishlandi.

"Madrid La Leyenda Blanca" nomli serial 11 fevral kuni ekran yuzini ko'radi.

"Qirollik klubi" haqida so'z boradigan mahsulot 6 seriya bo'lib, har bir qismi 45 daqiqadan iborat.

Serialda Florentino Peres, Marselo, Luka Modrich, Dani Karvaxal, Lukas Vaskes, Emilio Butrageno, Iker Kasilyas, Predrag Miyatovich, Alexandro Sans, Alvaro Arbeloa, Misa Rodriges va boshqalar qatnashgan.

Eslatib o'tamiz, bugun "Real" Qirol Kubogi 1/4 finali doirasida "Atletik" bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 1:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo