

"Marca" xabariga ko'ra, ayni damda klubdagilar futbolchilarning mashg'ulotga qaytish processini ishlab chiqishmoqda. Hozirgi paytda Ispaniyada favqulodda holatning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.
Undan tashqari, Madridda ham koronavirus yuqtirganlar soni anchagina ko'p va shahardagilarga ko'chaga chiqish ham taqiqlangan.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab virusdan zararlanganlar soni 1 mln 700 mingdan ko'paygan. Shulardan 400 mingga yaqini tuzalgan.



