"Real" futbolchisi turk klubiga yo'l olishi mumkin

Alisher
13 may 2022, 10:15
Hujumchi Mariano Dias yozgi transfer oynasida "Real"dan ketishi mumkin.

28 yoshli dominikanlik futbolchi "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin.

Transfer narxi 6 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Diasning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 6 mln evroga baholamoqda.

Dias joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fotomac