

Sebalos "Qirollik klubi"dan oldin sharafini himoya qilgan "Betis"ga qaytib, yarim yil ijarada o'ynamoqchi. Bunga sabab - u juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum LaLiganing 6ta uchrashuvida maydonga tushdi.
Ammo Ispaniya futbol federatsiyasi reglamentiga ko'ra, bunday kelishuv amalga oshishi mumkin emas. Futbolchi bir mavsumda ikki marta bir klubga qayta olmaydi.



