Real futbol klubi fondi menejeri Bunyodkor mehmoni bo'ldi

Alisher
22 noya 2019, 16:20
Kuni kecha Ispaniyaning mashhur Real futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo'yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves Bunyodkor mehmoni bo'ldi.

Bunyodkor futbol klubi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovich qabulida bo'lgan mehmon samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda jamoamiz haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, ikki yulduzli maqomini olishga yaqin turgan akademiyamizdagi sharoitlar, klubning umumiy infratuzilmasi, stadionimiz to'g'risida fikr bildirar ekan, bunday imkoniyatlarga ega jamoa bilan turli loyihalar bo'yicha hamkorlik qilish fondning rejalari qatoriga kirishini ta'kidladi. Jumladan, Inigo Chaves Real futbol klubi fondining Osiyo-Afrika mintaqasi bo'yicha eng katta – BAA filiali bo'yicha hamkorlik loyihasini yo'l qo'yishni taklif qildi. Ulug'bek Abdusattorovich mehmonning bu taklifiga javoban, Bunyodkor Real fondi tomonidan taklif qilinadigan loyihalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta'kidladi. 

Ma'lumot o'rnida aytish kerak, Real fondining BAAdagi filialiga o'z vaqtida Ispaniya milliy terma jamoasining asosiy o'yinchisi, yulduzi bo'lgan Michel Salgado direktorlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com