

Madridliklar musobaqa final raundidagi umumiy gollari sonini 1000 taga etkazib olib, bunday natijaga erishgan birinchi klubga aylandi. “Real” mazkur rekordga 455 o'yinida qayd etdi.
Shuningdek, jamoa har bir uchrashuvda o'rtacha 2,2 gol urib kelmoqda. Bu YCHLda kamida 50 ta o'yin o'tkazgan barcha klublar orasida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.



