"Real" bosh murabbiyi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o'chirib yubordi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018, 14:54
"Real" ustozi Xulen Lopetegi yangi mavsum oldidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o'chirishga qaror qildi.

Lopetegining "Tvitter" va "Instagram"dagi profillari endi yo'q.

Oldinroq, Lopetegi ijtimoiy tarmoqlarda faol emasligi, biroq bu yerda o'z fikrlari bilan bo'lishishni yaxshi ko'rishini tan olgan edi. "Tvitter"da mutaxassisning 140 mingdan ortiq o'quvchisi bo'lgan.

Xulen Lopetegi JCH-2018 startidan avval "Real" bosh murabbiyiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com