"Real" Beyl bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Alisher
10 sen 2021, 11:01
"Real" prezidenti Florentino Peres yozda Garet Beylni qo'yib yuborishga qaror qildi.

Madrid klubi 32 yoshli uelslik futbolchiga shartnomani uzaytirish borasida hech qanday taklif bermaydi.

O'yinchining "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 1 iyuliga qadar mo'ljallangan. U 2013 yildan beri Madrid jamoasida o'ynaydi.

Beyl o'tgan mavsum "Tottenxem"da ijarada o'ynadi. U Angliyada 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Confidencial