"Real" Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 mar 2017, 13:50
"Real" rahbariyati Karim Benzema bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Benzemaning hozirgi shartnomasi 2019 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Klub prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan fransiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi.

Benzema "Real"ga 2009 yil "Lion"dan ko'chib o'tgandi. 29 yoshli futbolchi Madrid klubi safida 177ta gol urdi.

Oldinroq Madrid klubi Per-Emerik Obameyang va Serxio Agueroni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com