"Real" "Ayaks" himoyachisi Mazrauiga qiziqmoqda

Alisher
24 mar 2022
"Real" "Ayaks" himoyachisi Nusser Mazrauiga qiziqmoqda.

Oldinroq, "Barselona", "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchining transferiga qiziqish bildirishgandi.

Mazraui 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.

24 yoshli marokashlik futbolchining Niderlandiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.