"Real" Asensioga yangi shartnoma taklif qilmaydi

Alisher
2 iyul 2022, 13:37
"Real" yarim himoyachi Marko Asensioga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

Ispan futbolchisi endilikda ushbu transfer oynasida klubdan ketishini talab qilishi yoki 2023 yilda erkin agent maqomida ketishni hal qilishi kerak.

Oldinroq xabar berilganidek, 26 yoshli futbolchiga "Arsenal", "Chelsi", "Milan" va "Liverpul" qiziqmoqda.

Asensio o'tgan mavsum "Real" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca