"Real" APL klubi futbolchisini sotib olmaydi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 13:34
"Real" hali ham "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarni xarid qilish ilinjida.

Oldinroq, "qaymoqranglilar" "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni sotib olish yo'llarini ko'rib chiqayotgan edi, ammo endi Eriksen transferidan voz kechildi va bor e'tibor 28 yoshli belgiyalikka qaratildi.

"Chelsi" Azar bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib olmoqchi, biroq futbolchi klubning takliflarini rad etmoqda. Yarim himoyachi va London klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" Eden Azarni 100 mln. evroga sotmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS